05:33 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Habib Nurmagomedov butilka ochish boʻyicha fleshmobda ishtirok etdi - video

© Sputnik / Anton Denisov
Sport
Havola olish
38610

Bottle Cap Challenge nomli chellendj internetda keng tarqalmoqda. Nurmagomedov ham bu fleshmobda qatnashdi.

TOSHKENT, 15 iyul – Sputnik. Rossiyalik UFC jangchisi Habib Nurmagomedov Bottle Cap Challenge’da ishtirok etdi.

Jahon chempioni butilka qopqogʻini oyogʻi bilan emas, qoʻl zarbasi bilan ochdi.

Bottle Cap Challenge nomli chellendj internetda keng tarqalmoqda. Bu yerda asosiysi - aylanib, oyoq zarbasi bilan butilka qopqogʻini ochish kerak, bunda idish ichidagi suyuqlik harakatsiz qolishi kerak. Birinchilardan boʻlib yangi tryukni UFC yengil vazn chempioni Maks Xollouey, irlandiyalik jangchi Konor Makregor va gollivudlik aktyor Jeyson Statxem boʻldi.

Bundan avval 7 sentyabrda, Abu-Dabida  rossiyalik Habib Nurmagomedov va aqshlik Dastin Puarye jang oʻtkazilishi haqida Sputnik xabar qilgandi.

Bu diskvalifikatsiyadan soʻng Nurmagomedov uchun birinchi jang boʻladi.

Rossiyalik jangchi 27 ta jangda 27 marta gʻalaba qozongan.

Bundan avval Rossiyalik aralash kurash jangchisi Habib Nurmagomedov UFC bilan yangi shartnomani imzolagandi. Unga koʻra, u eng koʻp maosh oladigan jangchi boʻldi.

Asosiy mavzular