01:21 23 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Gafur Raximov izbran prezidentom Mejdunarodnoy assotsiatsii lyubitelskogo boksa

Gʻofur Rahimov AIBA prezidenti lavozimini tark etdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich
Sport
Havola olish
160 0 0

AIBAning asosiy vazifasi – boks sohasini boshqarib turuvchi mustaqil tashkilot boʻlish - Gʻofur Rahimov.

TOSHKENT, 16 iyul — Sputnik. Gʻofur Rahimov Xalqaro boks assotsiatsiyasi prezidenti lavozimini tark etdi, deb xabar qilmoqda muassasa matbuot xizmati.

Oʻz murojaatida Gʻofur Rahimov unga eng murakkab davrda  AIBAga rahbarlik qilishga toʻgʻri kelganini aytib oʻtdi.

Soʻnggi bir yarim yil davomida men Assotsiatsiyani barqarorlashtirish va jahon boks jamiyatini oʻzgartirishga yoʻnalitirilgan qadamlarimni qoʻllab-quvvatlaganingizni his qilib turdim.

AIBAning asosiy vazifasi – boks sohasini boshqarib turuvchi mustaqil tashkilot boʻlish. Afsuski AIBA rivojlanishining ushbu oʻta muhim davri, mening oʻtmishdan kelib chiqayotgan yolgʻon va siyosiy maqsadlarni koʻzlovchi ayblovlar bilan kurashda ishtirok etish davrimga toʻgʻri keldi.  

Men oʻz nomimni ushbu yolgʻon ayblovlardan tezroq xalos qilish uchun sud majlislarida ishtirok etishim kerak boʻladi. Olimpiya harakatining 25 yillik ishtirok etib kelayotgan vakili sifatida men ushbu sport va sportchilarga xizmat qilish oʻz burchim deb bilaman. Shuning uchun yurakda ogʻir yuk bilan boʻlsada, men AIBA prezidenti lavozimini tark etishga qaror qildim, dedi Gʻofur Raximov oʻz murojaatida. 

Eslatib oʻtamiz, Gʻofur Raximov oʻz lavozimini 2018 yilning dekabrida egallagan edi. Lekin AQSH Raximovni oʻtmishda kriminal dunyosi bilan boʻlgan aloqalari tufayli sanktsiyalar roʻyxatiga kiritdi. Shundan soʻng XOQ Gʻofur Raximov nomzodi boksning Olimpiya oʻyinlari tarkibidan chiqarilishiga olib kelishi mumkinligini xabar qilgan edi. 

Asosiy mavzular