06:26 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Sbornaya Uzbekistana po futbolu na China Cup 2019

Oʻzbekiston terma jamoasining JCH-2022 saralashi 2-bosqichidagi raqiblari maʼlum boʻldi

© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana.
Sport
Havola olish
483 0 0

Qatardagi JCH 2022 yilning noyabr-dekabr oylariga belgilangan.

TOSHKENT, 17 iyul – Sputnik. Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda joylashgan Osiyo futbol konfederatsiyasi bosh qarorgohida Jahon chempionati-2022 hamda Osiyo kubogi-2023 musobaqalari saralash bahslariga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Qurʼa natijasiga koʻra, Ektor Kuper shogirdlari “D” guruhidan oʻrin oldi. Ushbu guruhda Oʻzbekiston Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman va Singapur termalariga qarshi maydonga tushadi.

Opredelilis soperniki Uzbekistana na matchi otborochnogo tura Chempionata mira-2022 i Kubka Azii-2023
Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
Opredelilis soperniki Uzbekistana na matchi otborochnogo tura Chempionata mira-2022 i Kubka Azii-2023

2-bosqich oʻyinlari joriy yilning 5 sentyabridan boshlanadi. Yakunda 8ta guruh gʻoliblari va 2-oʻrin egalaridan eng yaxshi koʻrsatkichga ega 4ta jamoa (jami 12ta terma) JCH saralashining keyingi bosqichiga chiqadi va Osiyo kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi.

Bor eʼtiborimiz Jahon chempionati saralashiga qaratilgan - Ektor Kuper

Eslatib oʻtamiz, Qatardagi JCH-2022 yilning noyabr-dekabr oylarida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular