20:21 14 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB145.75
  • EUR10354.03
  • USD9433.34
Glavnыy trener sbornoy Uzbekistana po futbolu Ektor Kuper

Ektor Kuper: “Hech bir raqibga bepisandlik bilan qarab boʻlmaydi”

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Sport
Havola olish
448 0 0

Bosh murabbiy JCH-2022 hamda Osiyo kubogi-2023 musobaqalari ikkinchi saralash bosqichidagi Oʻzbekiston terma jamoasining raqiblari haqidagi oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

TOSHKENT, 17 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper JCH-2022 hamda Osiyo kubogi-2023 musobaqalari ikkinchi saralash bosqichidagi Oʻzbekiston raqiblari haqidagi oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

“Qurʼa qanday jamoalarni taqdim etishini oldindan taxmin qilib boʻlmaydi. Shu sababdan har qanday raqib bilan toʻqnash kelishga tayyor turish lozim boʻladi. Jahon chempionati saralashi ikkinchi bosqichi qurʼasi bizga taqdim etgan raqiblarning barchasi oʻziga yarasha kuchli jihatlarga ega ekanini taʼkidlay olaman. Hech bir raqibga bepisandlik bilan qarab boʻlmaydi. Guruhimizdan oʻrin olgan har bir raqibni hurmat qilgan holda uchrashuvlarga hozirlik koʻramiz. Oʻzbekiston terma jamoasi barcha uchrashuvlarda mazmunli oʻyin namoyish etib, yakunda kelasi bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritish uchun maydonga tushadi”, - deya iqtibos keltiradi Ektor Kuper soʻzlaridan OʻFA.

Bor eʼtiborimiz Jahon chempionati saralashiga qaratilgan - Ektor Kuper

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda joylashgan Osiyo futbol konfederatsiyasi bosh qarorgohida Jahon chempionati-2022 hamda Osiyo kubogi-2023 musobaqalari ikkinchi saralash bosqichiga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtgani haqida xabar qilingan edi.

Qurʼa natijalariga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ikkinchi saralash bosqichining “D” guruhidan oʻrin oldi. Guruhda Oʻzbekiston terma jamoasiga Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman hamda Singapur termalari raqiblik qiladi.

Asosiy mavzular