07:25 13 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55

Menni Pakyao – 40 yoshida yana chempion boʻldi

mannypacquiao
Sport
Havola olish
469 0 0

Eng keksa chempion - 40 yoshli Menni Pakyao 30 yoshli Kit Turmandan chempionlik belbogʻini tortib oldi.

TOSHKENT, 21 iyul – Sputnik. Dunyoning eng shiddatli bokschisi nomini olgan filippinlik Menni Pakʼyao yana bir afsonaviy gʻalabaga erishdi. Shanba oqshom AQShda boʻlib oʻtgan jangda Pakyao hakamlar qarori bilan gʻolib deb topildi.

Menni Pakyao i Kit Turman pered boyem

Professional bokschilarning 12 raunli jangi juda qiziq boʻldi. 30 yoshli Kit Turman jangni juda faol boshladi. Raund boshida uning usuvorligi yaqqol sezilib tursada raund oʻrtasida filippinlik bokschi raqibini nokdaunga uchratishga muvaffaq boʻldi. Pakyao ustuvorligi beshinchi raundgacha davom etdi. Oltinchi raundga kelib Kit Turman ham oʻzini koʻrsata boshladi. Uning zarbalari aniqroq va kuchliroq tusha boshladi. Ustiga ustak Pakyaoning ham charchagani sezila boshladi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Fast hands, fast feet, @MannyPacquiao showing he has it all. #PacquiaoThurman #PBConFOXPPV

Publikatsiya ot Premier Boxing Champions (@premierboxing)

Shunga qaramasdan 10 Raundda  Pakyao Turmanning jigariga yaxshigina zarba tushira oldi. Natijada Turman hujumlari biroz susaydi. Oxirgi raundlar ikkala bokschining oʻzaro zarba almashishlariga boy boʻldi. Bunday mushtlashuvda kim koʻproq zarba tushirdi kim kamroq – aniqlash juda mushkul boʻladi. Lekin yon hakamlar hammasini hisoblab chiqishdi. Natijada hakamlar qarori bilan gʻalaba pakyaoga tegishli deb topildi. 

Shu oʻrinda Kit Turman haqida ham ikki ogʻiz aytib oʻtamiz. Bu uning karyerasida birinchi magʻlubiyat boʻldi. Turman jang oldidan oʻzini juda agressiv tutgan va Pakyaoni birinchi raunddayoq nokautga uchratishni vaʼda bergan edi. "Ishoning ushbu jangdan keyin Pakyao pensiyaga chiqadi. Unda ringga qaytishga boshqa xoxish paydo boʻlmaydi", - degan  edi u oʻz muxlislariga. 

Lekin ushbu jangda tajriba yoshlik va kuch ustidan gʻalaba qozondi. Shu bilan filippinlik afsonaviy Pakyao yana bir “jahon chempioni” kamarini qoʻlga kiritdi va ushbu kamar bilan – eng keksa jahon chempio unvonnini ham qoʻlga kiritdi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Eslatib oʻtamiz, Menni Pakyao 1978 yilda Filippinning Kibave shahrida oʻta kambagʻal oilada tugʻilgan. U jahon chempionati turnirlarida 1995 yildan boshlab ishtirok eta boshlagan.

Pakyao oʻzining juda tez seriyali zarbalari va WBC va WBA turnirlarida 8 marotaba turli vazn toifalarida chempion boʻlgani bilan mashhur. Undan tashqari Pakyao bir necha marotaba yilning “eng yaxshi bokschisi”, “eng yaxshi sportchisi” kabi unvonlariga ham sazovor boʻlgan.

Rasmiy maʼlumotga koʻra, Menni Pakyao oʻz sport karyerasida  70ta jang oʻtkazib ulardan 61 tasida gʻalaba qozongan.

Oʻz yurtida Menni pakyao haqiqiy qahramon hisoblanadi. U jang qilgan kunlari koʻchalab boʻshab hatto jinoyatchilik darajasi ham nolga tushib ketadi. Hamma boks tomosha qiladi, deb yozadi OAVlar.

Asosiy mavzular