08:52 13 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Match mejdu sbornыmi Uzbekistana i Yaponii po futbolu na kubke Azii

Terma jamoa formasi dizayni uchun tanlov eʼlon qilindi

© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana.
Sport
Havola olish
194 0 0

Futbol muxlislari orasida terma jamoa formasi dizayni uchun tanlov eʼlon qilindi.

TOSHKENT, 21 iyul -  Sputnik. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi terma jamoa futbolchilari formasi dizayni uchun tanlov eʼlon qildi. Undan  barcha ishtirok etishi mumkin, deyilgan OʻFA xabarida.

“Yangi forma dizaynini ishlab chiqib, bizning elektron pochtamizga yuborishingiz mumkin. Eng yaxshi deb topilgan ishlar maxsus sovrinlar bilan taqdirlanadi. Xususan, mutaxassislarimiz tomonidan maʼqul topilgan uchta eng yaxshi dizayn uchun mualliflarning har biriga terma jamoamiz yulduzlarining dastxatlari tushirilgan original futbol toʻplari sovgʻa qilinadi,”- deyiladi xabarda.  

OʻFA xabarida aytilishiga koʻra, ushbu ishlar terma jamoa va muxlislar orasidagi munosabatlarni yangi darajaga olib chiqish maqsadida amalga oshirilmoqda. Endi har bir muxlis forma dizayni borasida oʻz takliflarini bildirishi mumkin.

Asosiy mavzular