O‘zbekiston rasman Tokio Olimpiadasiga taklif qilindi

© NOK UzbekistanaUzbekistan poluchil ofitsialnoe priglashenie v Tokiyskuyu Olimpiadu
Uzbekistan poluchil ofitsialnoe priglashenie v Tokiyskuyu Olimpiadu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Taklifnomani shaxsan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax jo‘natgan.

TOShKENT, 30-iyul - Sputnik. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Tokio shahrida o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun rasmiy taklifnoma oldi. Bu haqda MOQ xabar qildi

Taklifnoma shaxsan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax tomonidan jo‘natilgan.

“Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasini 2020-yilning 24-iyulidan 9-avgustiga qadar Tokio shahri (Yaponiya)da bo‘lib o‘tadigan o‘ttiz ikkinchi yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishga taklif qilishni sharaf deb biladi, – deya yoziladi mazkur taklifnomada.

Shu paytga kelib O‘zbekiston terma jamoasidan tennischi Denis Istomin hamda velosportda Olga Zabelinskaya Tokio Olimpiadasi, o‘q otishda Server Ibragimov esa Paralimpiya o‘yinlari uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritgan. Tokio Olimpiadasi 2020-yilning 24-iyulidan 9-avgustiga qadar bo‘lib o‘tadi.

XOQ boksni emas, AIBAni Olimpiada dasturidan chiqardi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tokio Olimpiadasi medallarining taqdimoti o‘tkazilgani haqida xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0