18:11 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Sport
Havola olish
109 0 0

Xalqlar doʻstligi maydonida 2019 nafar yosh taekvondochilar ishtirokida fleshmob oʻtkazildi.

TOSHKENT, 9 avg – Sputnik. Toshkentning Xalqlar doʻstligi maydonida yosh taekvondochilar ishtirokida katta fleshmob oʻtkazildi. Bu haqda Milliy Olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Unda ushbu sport turida katta yutuqlarga erishgan sportchilar, yuzlab mahalliy va Janubiy Koreyadan kelgan yosh taekvondochilar oʻz mahoratlarini namoyish qilishdi.

V Tashkente proshel fleshmob s uchastiyem taekvondistov
NOK
V Tashkente proshel fleshmob s uchastiyem taekvondistov

Fleshmobda jami 2019 nafar ishtirokchi qatnashdi.

V Tashkente proshel fleshmob s uchastiyem taekvondistov
NOK
V Tashkente proshel fleshmob s uchastiyem taekvondistov

Ushbu tadbirni jahon taekvondo federatsiyasi rahbari Chung Von Choy ham katta qiziqish bilan kuzatib bordi. Martabali mehmonga Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev hamrohlik qildi.

Tadbir boshida mehmonlarga oʻtgan oy yurtimizda katta tantana ostida oʻtgan “Olimpiya kuni”ga bagʻishlab tayyorlangan rolik namoyish etildi.

Asosiy mavzular