10:28 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Sport
Havola olish
Xalqaro armiya oʻyinlari-2019 (26)
562 0 0

Avvalroq musobaqada oʻzbekistonlik kinologlar 3-oʻrinni qoʻlga kiritgani xabar qilingan edi. Ammo taqdirlash marosimida hakamlar qarorlarini oʻzgartirishdi.

TOSHKENT, 12 avg — Sputnik. Moskva viloyatining Dmitrov shahrida Xalqaro armiya oʻyinlari doirasida oʻtkazilgan “Sodiq doʻst” musobaqasi oʻzbekistonlik kinologlar uchinchi emas, ikkinchi oʻrin bilan taqdirlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar qildi.

Avvalroq unda oʻzbekistonlik kinologlar 3-oʻrinni qoʻlga kiritgani xabar qilingan edi.

Ammo 11 avgust kuni boʻlib oʻtgan taqdirlash marosimida qiziq bir holat boʻldi. Yaʼni unda Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan kinologlar 3-oʻringa emas, shohsupaning 2-oʻriniga munosib koʻrildi.

Gap shundaki, yakunda Oʻzbekiston bilan Belarus jamoalari deyarli teng ball yigʻishgan edi. Shunga koʻra, birinchi oʻrinni Rossiya Federatsiyasi, ikkinchi oʻrinni Belarus va uchinchi oʻrinni Oʻzbekiston jamoasi qoʻlga kiritgani oydinlashdi. Ammo 11 avgustda boʻlib oʻtgan taqdirlash marosimida Oʻzbekiston nomidan qatnashgan shartnoma boʻyicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Sodiq Dilmurodovning “Klift” laqabli xizmat iti bilan rekord oʻrnatgani hakamlar hayʼatining qarori oʻzgarishiga sabab boʻldi.

Mavzu:
Xalqaro armiya oʻyinlari-2019 (26)

Asosiy mavzular