G‘azablangan Konor Makgregor keksa kishining yuziga tarsaki tushirdi - video

© AP Photo / John LocherKonor Makgregor
Konor Makgregor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Irlandiyalik aralash yakkakurash jangchisi Konor Makgregor Dublindagi mayxonalardan birida keksa yoshdagi mijozlardan birining yuziga tarsaki tushirdi.

TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Irlandiyalik aralash yakkakurash jangchisi Konor Makgregor keksa yoshdagi kishining yuziga tarsaki tushirdi.

RT᾽ning yozishicha, hodisa Dublindagi The Marble Arch Pub mayxonasida ro‘y bergan. Konor Makgregor mayxonaga kelib, u yerda bo‘lgan mijozlarni o‘zining Proper 12 brendli viskisi bilan siylashga qaror qiladi. Mijozlardan biri uning viskisini ichishdan bosh tortganda Makgregor unga tarsaki tushiradi.

Konor Makgregor jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda

Mayxonada bo‘lgan boshqa mijozlar sportchini nariga sudrab olib ketishadi. Jabrlanuvchi Irlandiya politsiyasiga ariza bilan murojaat qilgan.

UFC “qiroli” Konor MakGregor hibsga olindi - video

Yangiliklar lentasi
0