Ektor Kuper JCh-2022 saralashi oldidan terma jamoaga chaqirilgan futbolchilarni ma’lum qildi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po futbolu na China Cup 2019
Sbornaya Uzbekistana po futbolu na China Cup 2019 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston milliy jamoasining JCh-2022 saralashidagi ilk o‘yini – Falastinga qarshi uchrashuv oldidan yig‘inga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi.

TOShKENT, 22 avg – Sputnik. O‘zbekiston milliy jamoasining JCh-2022 saralashidagi ilk o‘yini – Falastinga qarshi uchrashuv oldidan yig‘inga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda O‘FA xabar qildi.

Ushbu yig‘inga 24 nafar futbolchi jalb etildi: 

Darvozabonlar: Sanjar Quvvatov (“Paxtakor”), Eldor Suyunov (“Paxtakor”), Botirali Ergashev (“Dinamo”). 

Himoyachilar: Yegor Krimes (“Paxtakor”), Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”),  Doston Tursunov (“Renofa Yamaguchi” – Yaponiya), Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”), Oleg Zoteyev (“Lokomotiv”), Farrux Sayfiyev (“Paxtakor”), Davron Xoshimov (“Lokomotiv”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”). 

Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov (“Paxtakor”), Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG” - Xitoy), Ikrom Aliboyev (“Seul FK” – Janubiy Koreya), Aziz G‘aniyev (“Nasaf”), Oston O‘runov (“Lokomotiv”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Sanjar Shoahmedov (“Terengganu” - Malayziya), Doston Ibragimov (“Qizilqum”), Quvondiq Ro‘ziyev (“Qo‘qon-1912”), Doston Hamdamov (“Paxtakor”).

Glavniy trener sbornoy Uzbekistana po futbolu Ektor Kuper  - Sputnik O‘zbekiston
Ektor Kuper: “Hech bir raqibga bepisandlik bilan qarab bo‘lmaydi”

Hujumchilar: Eldor Shomurodov (“Rostov” – Rossiya), Igor Sergeyev (“Paxtakor”), Temurxo‘ja Abduxoliqov (“Lokomotiv”). 

Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi mazkur uchrashuvga tayyorgarlik doirasida 28-avgust – 3-sentabr kunlari Toshkentda mashg‘ulot olib boradi.

Saralash bahslarining “D” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk o‘yinini safarda Falastinga qarshi o‘tkazadi. Mazkur uchrashuv Al-Ram shahridagi Falastin terma jamoasining uy o‘yinlarini o‘tkazadigan “Faisal Al-Husseini” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.

Yangiliklar lentasi
0