TOSHKENT, 25 avg - Sputnik. Shahram Gʻiyosov kolumbiyalik bokschi Darley Peresni 30 soniyada magʻlub qilib, WBA xalqaro chempioni unvonini qoʻlga kiritdi.
Meksikaning Ermosilo shahrida boʻlib oʻtgan jangda Shahram Gʻiyosov chap qoʻli bilan bergan kuchli zarbasi raqibini nokautga uchratdi. 9 soniyada raqib oʻrnidan turgan boʻlsada, hakam jangni toʻxtatib Shahram Gʻiyosovni gʻolib deb eʼlon qildi.
Kolumbiyalik bokschi Darley Peres 1 oʻrta-yengil vazn toifasida kurashuvchi tajribali professional bokschi hisoblanadi. 2014 yilda WBA boʻyicha jahon chempioni boʻlgan, 2015 yilda britaniyalik Entoni Krollega chempionlik unvonini boy bergan edi.
Con 41 segundos en el primer round, Giyasov nos dejó sin palabras 😮 pic.twitter.com/ttfIcirGCe
— DAZN USA (@DAZN_USA) 25 avgusta 2019 g.