Eldor Shomurodov RPLning eng yaxshi o‘yinchisi deb tan olindi

© RPLEldor Shomurodov priznan luchshim igrokom RPL
Eldor Shomurodov priznan luchshim igrokom RPL - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eldor Shomurodov Rossiya Premyer ligasida 7ta gol urib hujumchilar orasida yetakchilik qilmoqda.

TOShKENT, 4 sen - Sputnik. O‘zbekistonlik Eldor Shomurodov avgust oyida Rossiya Premyer ligasining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Bu haqida RPL matbuot xizmati xabar qilmoqda.

© FK "Rostov"Eldor Shomurodov priznan luchshim igrokom RPL
Eldor Shomurodov RPLning eng yaxshi o‘yinchisi deb tan olindi - Sputnik O‘zbekiston
Eldor Shomurodov priznan luchshim igrokom RPL

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ekspertlar, telejurnalistlar va futbol muxlislari ushbu qarorni yakdillik bilan qabul qilishgan.

“Rostov” hujumchisi avgust oyining eng natijali futbolchisi deb atashmoqda: Shomurodov beshta turda beshta gol urgan va chempionat doirasida esa 7ta gol bilan hujumchilar orasida yetakchilik qilmoqda.

Eldor Shomurodov - Sputnik O‘zbekiston
Shomurodov "Lokomotiv" darvozasiga dubl kiritib RPLning yetakchi hujumchisiga aylandi

​Shuningdek o‘tgan oyning eng yaxshi murabbiyi deb, “Rostov” jamoasi treneri Valeriy Karpin tan olingan. Jamoa beshta o‘yindan 3tasini g‘alaba bilan yakunlagan, ayni damda turnir tablitsasida birinchi qatorni "Zenit" va "Krasnodar" jamoalari bilan bo‘lishmoqda.

24- yoshli O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi 2019-yilning may oyida “Rostov” jamoasi bilan  qiymati 1 million dollar bo‘lgan 3-yillik transfer shartnomasi imzolagan edi.

Ayni damda Shomurodov O‘zbekiston jamoasi bilan 2022-yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Uning eng katta orzusi – O‘zbekiston termsi bilan jahon chempionatida ishtirok etish.

Yangiliklar lentasi
0