14:10 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Sport
Havola olish
457 0 0

Har qanday raqib hurmatga sazovor, biz buni barchaga koʻrsatib qoʻydik, - dedi Habib Nurmagomedov jangdan soʻng.

TOSHKENT, 8 sen – Sputnik. Kecha oqshom Abu-Dabida boʻlib oʻtgan jangda rossiyalik aralash yakkakurashchi Habib Nurmagomedov Dastin Puarye ustidan gʻalaba qozonib, UFC chempioni titulini himoya qildi, R-Sport xabariga asosan.

UFC yengil vazn toifasida boʻlib oʻtgan jangda Habib Nurmagomedov oʻziga xos uslubda, boʻgʻuvchi uslub yordamida gʻalaba qozondi. Bu Habib sport karyerasida 28 gʻalaba boʻldi. Eslatib oʻtamiz Habib Nurmagomedov biror marta ham yengilmagan jangchi hisoblanadi.

Xabib Nurmagomedov protiv Dastina Puarye
REUTERS / Christopher Pike
Xabib Nurmagomedov protiv Dastina Puarye

Dastin Puarye sport yoʻlida bu oltinchi magʻlubiyat boʻldi. Puarye 25 marotaba gʻalabaga erishgan.

Abu-Dabida boʻlib oʻtgan ushbu jangda Habibni qoʻllab-quvatlovchilar soni juda koʻp edi. Uning sekndanti va maslahatchisi esa – otasi Abdulmanap Nurmagomedov boʻldi. Otasi uning oldida boʻlishi Habib uchun eng katta yordamekanligini Habib oldin ham aytgan edi.

Eslatib oʻtamiz, AQShda 2018 yilning oktyabr oyida boʻlib oʻtgan jangda Abdulmanap Nurmagomedov, AQSH tomonidan viza berilmagani tufayli, kela olmagan edi. Oʻshanda Habib Nurmagomedov gʻalabasidan soʻng raqib jamoasi tomonidan koʻplab haqoratlar aytilgan va bu jamoalar orasida toʻqnashuv sodir boʻlishga sabab boʻlgan edi.

Abu-Dabidagi jang esa sportchilar va jamoalar tomonida oʻzaro hurmat va halollik bilan oʻtdi. Buni jangni kuzatib borishgan mutaxassislarning barchasi qayd etdi. Yakkakurashchilar esa jangdan soʻng, bir-biriga hurmat ramzi sifatida, oʻzlari kiygan futbolkalari bilan almashib olishdi.

“Dastin xayriya ishlari bilan shugʻullanishidan xabarim bor. Ushbu futbolkani sotib, uning foydasini Dastinning fondiga oʻtkazaman. Biz aralash yakkakurashda eng asosiysi nima ekanligini hammaga koʻrsatdik - bu raqib tomonga boʻlgan hurmatdir. Har qanday raqib hurmatga sazovor”,- dedi Habib Nurmagomedov.

“Men ushbu jangga yaxshi tayyorlangan edim, oʻz gʻalabamga ishongan edim, lekin natijadan xafa boʻldim. Endi uyga borib oʻz oilam bilan vaqt oʻtkazaman”, - dedi Dastin jurnalistlarga.

UCF chempionlik kamarining navbatdagi talabgori – AQShlik jangchi Toni Fergyuson. Bundan oldin Fergyuson va Habib orasida oʻtkazilishi kerak boʻlgan janglar 4 marotaba qoldirilgan edi. Bu safar esa jangni qoldirish uchun hech qanday sabab yoʻq.

Asosiy mavzular