06:32 22 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Xabib Nurmagomedov protiv Dastina Puarye

UFC rahbari Habib Nurmagomedovning keyingi raqibi kim boʻlishini aytdi

AP Photo/ Mahmoud Khaled
Sport
Havola olish
337 0 0

UFC prezidenti Dana Uayt Habib Nurmagomedovning keyingi raqibi kim boʻlishini aytdi.

TOSHKENT, 9 cen – Sputnik. UFC prezidenti Dana Uayt Habib Nurmagomedovning keyingi raqibi kim boʻlishini aytdi.

Uning soʻzlariga koʻra, rossiyalik chempionning keyingi raqibi Toni Fergyuson boʻlishi kerak.

“Fergyuson - Habib uchun keyingi raqib. Albatta, u rozi boʻlsa. Koʻramiz, Habib qachon qaytishga tayyor boʻlarkan”,- dedi Uayt.

Toni Fergyuson Nurmagomedovning eski raqiblardan biri hisoblanadi. Ular toʻrt marta oktagonda uchrashishi kerak edi, biroq jang turli sabablarga koʻra qoldirib kelingan. Oxirgi marta – amerikalik jangchining jarohati sabab boʻlgan.

Fergyuson ketma-ket 12 marta gʻalaba qozodni. U faoliyatida 25 gʻalabaga erishib, 3 ta magʻlubiyat boʻlgan.

Abu-Dabida boʻlib oʻtgan jangda rossiyalik aralash yakkakurashchi Habib Nurmagomedov Dastin Puarye ustidan gʻalaba qozondi. Habib Nurmagomedov esa 28 marta jang oʻtkazib, barchasida gʻalaba qozongan.

Asosiy mavzular