02:29 08 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Fanat Kaxramonov

Boks JCH: Fanat Qahramonov moʻgʻilistonlik raqibi ustidan gʻalaba qozondi

NOK Uzbekistana
Sport
Havola olish
348 0 0

Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida boks boʻyicha jahon chempionati start oldi.

TOSHKENT, 9 cen – Sputnik. Oʻzbekistonlik bokschi Fanat Qahramonov moʻgʻilistonlik Davanyam Davasuren ustidan gʻalaba qozondi, deb xabar qildi Milliy olimpiya qoʻmitasi.

Xabarda aytilishicha, Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida boks boʻyicha jahon chempionati start oldi.

Xabar berganimizdek, bugungi kun dasturida Oʻzbekiston terma jamaosi nomidan Fanat Qahramonov bahs olib bordi.

“75 kilogramm vazn toifasida moʻgʻilistonlik Davanyam Davasurenga qarshi bahs olib borgan yurtdoshimiz ishonchli gʻalabani qoʻlga kiritdi. Qahramonov ikkinchi bosqichni 14 sentyabr kuni avstraliyalik Adrian Kammaranoga qarshi oʻtkazadi”, - deyilgan xabarda.

Turnir 21 sentyabrga qadar davom etadi. Musobaqada 77 davlatdan bokschilar ishtirok etadi.

Asosiy mavzular