04:17 14 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Boyets MMA Murod Xanturayev

Murod Xontoʻrayev ringga qaytdi

Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov
Sport
Havola olish
605 0 0

Murod Xontoʻrayev 22 sentyabrda yana ringga chiqadi. Jang Toshkentda boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 10 sen – Sputnik. Oʻzbekistonlik mashhur MMA yulduzi Murod Xontoʻrayev uzoq tanaffusdan soʻng ringga qaytmoqda, bu haqida u oʻzining Instagrammida xabar qoldirgan.

“Murod Xontoʻrayev ishtirokidagi navbatdagi jang 22 sentyabr kuni soat 18:00 da Oʻzbekiston sport majmuasida boʻlib oʻtadi”, - deyilgan xabarda.

Murodning raqibi kim boʻlishi haqida hozircha hech narsa maʼlum emas.

“Osiyo Ayigʻi” nomi bilan mashhur boʻlgan Murod Xontoʻrayev 1987 yilda tugʻilgan. Aralash yakkakurash sportida oʻz karyerasini 2013 yilda boshlagan . 2017 yilga qadar Murod 13ta jang oʻtkazib, ulardan 11tasini gʻalaba (undan 8tasi nokaut) va   2tasini magʻlubiyat bilan yakunlagan.

Murod Xanturayev vernulsya na ring

2018 yilda Murod Xontoʻrayev nomi OAVlarda ayrim noxush voqealar tufayli bir necha marotaba tilga olingan edi. Xususan, birinchi holatda Xontoʻrayev bezorilikda ayblangan ikkinchi vaziyatda jabrlanuvchi sifatida tilga olingan edi.

Asosiy mavzular