03:58 14 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Toni Fergyuson

Fergyuson Nurmagomedov bilan jang qilishga tayyor: bellashuv qachon boʻladi

© AFP 2018 / Ethan Miller
Sport
Havola olish
410 0 0

Amerikalik jangchi Toni Fergyuson jangni dekabrda oʻtkazishni xohlayotganini aytdi.

TOSHKENT, 10 sen – Sputnik. Amerikalik aralash yakkakurash boʻyicha jangchi Toni Fergyuson rossiyalik Habib Nurmagomedov bilan UFC 245 musobaqasi dekabrda jang qilishga tayyorligini maʼlum qildi. ESPN xabariga asosan.

“Bilasizmi? Men unga hozir qoʻngʻiroq qilmoqdaman. Buni dekabrda qilishimiz kerak. Biz Habibga hamma chizburgerlar va boshqasini yeyishiga imkon beramiz. Hozircha zavq old, biroq semirib ketma. Sen uchun bir narsam bor. Men kutyapman. Dekabr oyida jang qilmoqchiman, yiliga bir marta jang qilishdan charchadim”, - deb taʼkidladi amerikalik jangchi.

Eslatib oʻtamiz, 7 sentyabr Abu-Dabida boʻlib oʻtgan jangda rossiyalik aralash yakkakurashchi Habib Nurmagomedov Dastin Puarye ustidan gʻalaba qozondi. Habib Nurmagomedov biror marta ham yengilmagan jangchi hisoblanadi.

Asosiy mavzular