Habib Nurmagomedov vaqtincha janglardan chetlashtirildi

© REUTERS/Christopher PikeXabib Nurmagomedov protiv Dastina Puarye
Xabib Nurmagomedov protiv Dastina Puarye  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shifokorlar ko‘rsatmasiga asosan Porye bilan o‘tkazilgan jangdan so‘ng tiklanishi uchun UFC chempioni Habib Nurmagomedov vaqtincha janglardan chetlatildi.

TOShKENT, 12 sen – Sputnik. Shifokorlar ko‘rsatmasiga asosan UFC chempioni Habib Nurmagomedov vaqtincha janglardan chetlatildi. Bu Dastin Porye bilan o‘tkazilgan jangdan so‘ng tiklanishi uchun zarur.

Rossiyalik jangchi bir hafta muddatga mashq va janglardan chetlashtirildi.

MMAJunkie nashri yozishicha, uning raqibi Dastin Porye esa tibbiy ko‘rsatmalarga asosan bir oylik tanaffus berildi. Porye jang vaqtida ko‘z va qosh qismida jarohat oldi.

Eslatib o‘tamiz, 7-sentabr Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan jangda rossiyalik aralash yakkakurashchi Habib Nurmagomedov Dastin Puarye ustidan g‘alaba qozondi.

Yangiliklar lentasi
0