01:21 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Sport
Havola olish
367 0 0

Nur-Sultonda yunon-rim boʻlib oʻtayotgan jahon chempionatida 2 nafar Oʻzbekiston koʻrashchilari yarim finalga chiqdi.

TOSHKENT, 14 sen – Sputnik.  Qozogʻistonning Nur-Sulton shahrida boʻlib oʻtayotgan Yunon-rim kurashi boʻyicha jahon chempionatida 2 nafar oʻzbekistonlik kurashchilar yarim finalga chiqdi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Olimpiya qoʻmitasi.

Dvoye uzbekistantsev vыshli v polufinal v CHM po borbe

Xususan, 72 kg vazn toifasida oʻzbekistonlik Aram Vardanyan – Ruslan Ahamalyiyeuni (Belarus) 9:1 hisobida, 1/8 finalda xitoylik Xujun Jangni 8:0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Chorak finalda Aram germaniyalik Feliks Vidmayerni magʻlubiyatga uchratib Yarim finalga yoʻl oldi. Yarim finalda bolgariyalik Aik Mnatsakanyan bilan uchrashadi.

82 kg vazn toifasida 1/8 finalda Nurbek Hoshimbekov Janubiy koreyalik Sangxiyuk Parkni  3:2 hisobda magʻlub etgan edi. ¼ finalda Norvegiya vakili boʻlgan Rajbek Bisultanovham magʻlubiyatga uchratib yarim finalga yoʻl oldi. Yarim final bahsida Nurbek Hoshimbekov Gruziya vakili boʻlgan Lasha Gobadze bilan uchrashadi.

Aytish joizki, chorak finalga qadar ushbu musobaqada 55 va 63 kg vazn toifasida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotgan aka-uka Ilhom va Islom Bahromovlan chorak finalda magʻlubiyatga uchradi.

 

Asosiy mavzular