Oʻzbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov u bilan boʻlgan jangdan soʻng shifoxonaga tushgan raqibi amerikalik bokschi Richard Torres holidan xabar oldi.
TOSHKENT, 20 sen – Sputnik. Oʻzbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov u bilan boʻlgan jangdan soʻng shifoxonaga tushgan raqibi amerikalik bokschi Richard Torres holidan xabar oldi. Bu haqda sportchi oʻz instagramida maʼlum qilgan.
“Bizning raqibligimiz faqat ringda, hayotda biz aka-ukamiz, bir maqsad sari yoʻlda doʻstmiz. Allohga shukur sogʻligʻi joyida!”, - deya yozgan Jalolov.
Eslatib oʻtamiz, Yekaterinburgda boʻlib oʻtayotgan boks boʻyicha Jahon chempionatida eng ogʻir 91+ kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Bahodir Jalolov amerikalik bokschi Richard Torresni nokautga uchratgan edi. Torres jangdan soʻng shifoxonaga tushgan edi.
Oʻzbekistonda 2020 yilda jami 1723 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ular davlat va jamiyat manfaatlariga 500,1 mlrd. soʻm moddiy zarar yetkazgan.