"Rostov" yutqazdi, lekin Shomurodov – nomer bir!

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishFutbol. RPL. Match "Lokomotiv" - "Rostov"
Futbol. RPL. Match Lokomotiv - Rostov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik hujumchi “Tambov” futbol klubi bilan bo‘lgan o‘yinda gol urib Rossiya premyer-ligasining  yetakchi hujumchisiga aylandi.

TOShKENT, 22 sen – Sputnik. “Rostov” futbol klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Rossiya premyer-ligasi hujumchilar bahsida yetakchisiga aylandi, deb xabar qilmoqda klub matbuot xizmati.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

I snova on! Shomurodov!⚽️ @shomurodov.eldor 💛💙

Publikatsiya ot Football club «Rostov» (@fcrostov)

“Tambov” klubi bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinning 27 daqiqasida o‘zbekistonlik hujumchi hisobni ochdi. Eldor ushbu golni o‘zining odatiy uslubida - boshi bilan urdi. Videoni ko‘rgan har bir kishi ushbu gol ishonib bshlmaydigan darjadada mahorat va tezlik bilan urilgan chiroyli gol bo‘lganini tan oladi. Afsuski bu "Rostov"ning yagona goli bo‘ldi. Tambovliklar esa yana ikkita gol urib uchrashuvning g‘olibi bo‘lishdi.

Ayni damda Rossiya PL statistikasiga ko‘ra, Shomurodov bo‘lib o‘tgan 10ta o‘yinda 8ta gol urib, liganing birinchi sonli hujumchisiga aylangan.

Uning eng sevimli futbolchilari  Fernando Torres, Didye Drogba va "zubastik" Ronaldo. Eldorning o‘zi ham Yevropa jamoasida to‘p surishni istashini,  lekin hali “Rostov” bilan 4-yillik shartnomasi borligini aytgan edi. Eldor Shomurodovning eng katta orzusi esa – O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Jahon chempionatiga chiqishdir.

Yangiliklar lentasi
0