Bokschilarga prezident sovg‘alari topshirildi

© FBUBokseram vruchili "Podarok prezidenta"
Bokseram vruchili Podarok prezidenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahon chempionatidan g‘alaba bilan qaytgan o‘zbekistonlik bokschilarga Treker, Jentra, Neksiya 3 avtomobillari topshirildi.

TOShKENT, 30 sen – Sputnik. Yekaterinburgda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida birinchilikni qo‘lga kiritib qaytgan bokschilarga prezident sovg‘alari topshirildi, deb xabar qilmoqda boks federatsiyasi.

© FBUBokschilarga prezident sovg‘alari topshirildi
Bokschilarga prezident sovg‘alari topshirildi - Sputnik O‘zbekiston
Bokschilarga prezident sovg‘alari topshirildi

30 sentabr kuni "Olimpiya shon-shuhrati" muzeyida bokschilarimizni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda jahon chempionati qahramonlariga "Prezident sovg‘asi" - avtomobillar taqdim etildi.

© FBUBokschilarga prezident sovg‘alari topshirildi
Bokschilarga prezident sovg‘alari topshirildi - Sputnik O‘zbekiston
Bokschilarga prezident sovg‘alari topshirildi

Xususan, Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzahalilov va Bahodir Jalolovlarga "Treker" avtomobili, kumush va bronza medali sohiblari Dilshodbek Ro‘zmetov va Bobousmon Baturovlarga "Jentra" avtomobillari kaliti topshirildi.

© FBUBokschilarga prezident sovg‘alari topshirildi
Bokschilarga prezident sovg‘alari topshirildi - Sputnik O‘zbekiston
Bokschilarga prezident sovg‘alari topshirildi

Shuningdek, terma jamoamizning muvaffaqiyatida o‘z hissasini qo‘shgan murabbiylarga ham pul mukofotlari taqdim etildi.

Tadbirda shuningdek Boks federatsiyasi rahbariyati so‘zga chiqishdi.

Yangiliklar lentasi
0