16:39 14 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

Tarixda ilk bor - oʻzbekistonlik suzuvchi JCH shohsupasiga koʻtarildi

© Olimpiyskiy komitet
Sport
Havola olish
62710

Oʻzbekiston vakili sport tarixida ilk bor suzish boʻyicha jahon chempionati medaliga sazovor boʻldi - Olimpiya qoʻmitasi.

TOSHKENT, 6 okt - Sputnik. Tarixda ilk bor suzuvchimiz Jahon kubogida sovrindor boʻldi, deb xabar qilmoqda Milliy Olimpiya qoʻmitasi.

Xabarda aytilishiga koʻra, Vengriya poytaxti Budapeshtda boʻlib oʻtgayotgan suzish boʻyicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichida oʻzbekistonlik suzuvchi Vladislav Mustafin uchinchi oʻrinni egallagan.  

Jahon kubogining Erkaklar orasida 50 metrga brass uslubida suzish boʻyicha sportchilar quyidagi natijalarni koʻrsatishgan:

  • Oltin medal  - Arno Kammin, Niderlandiya, 27.13 daqiqa;
  • Kumush medal - Saba Siladi, FINA, 27.41 daqiqa;
  • Bronza medal - Vladislav Mustafin, 27.46 daqiqa.

Shu kunlarda boʻlib oʻtayotgan aksariyat jahon chempionatlari yakunlari boʻyicha sportchilar Tokioda 2020 yilda boʻlib oʻtadigan Olimpiada yoʻllanmalarini qoʻlga kiritmoqdalar. Bu safar suzish boʻyicha Oʻzbekistonga ham yoʻllanma berishsa ham ajab emas.

Asosiy mavzular