Surxondaryoda xalqaro kurash musobaqasi g‘olibiga 10 ming dollar topshirildi

© XSSorevnovaniya po kurashu v Termeze
Sorevnovaniya po kurashu v Termeze - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hakim at-Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan XIV an’anaviy musobaqada 47 davlatdan kelgan polvonlar ishtirok etishdi.

TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Termiz shahrida kecha kurash bo‘yicha xalqaro musobaqa yakunlandi, g‘oliblarga pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi, deb xabar qilmoqda Xalq So‘zi.

© XSSorevnovaniya po kurashu v Termeze
Surxondaryoda xalqaro kurash musobaqasi g‘olibiga 10 ming dollar topshirildi - Sputnik O‘zbekiston
Sorevnovaniya po kurashu v Termeze

“Alpomish“ stadionida 5-6 oktabr kunlari bo‘li o‘tgan musobaqada dunyonig 47 davlatdan kelgan polvonlar g‘oliblik uchun kurashdilar. An’anaga ko‘ra, bellashuvni oqsoqol kurashchi polvonlar boshlab berdi.

© XSSorevnovaniya po kurashu v Termeze
Surxondaryoda xalqaro kurash musobaqasi g‘olibiga 10 ming dollar topshirildi - Sputnik O‘zbekiston
Sorevnovaniya po kurashu v Termeze

Musobaqada erkak polvonlar - 55, 66, 73, 81, 90, +100 kg  vazn toifasida, ayollar - 48, 57, 70, +78 kg. vazn toifasida bellashishdi.

At-Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy musobaqadaning mukofot jamg‘armasi 100 ming dollarni tashkil qildi. Musobaqalarda o‘z vazn toifasida 1 o‘rin uchun - 3 000 dollar, 2 o‘rin uchun -  2 000 dollar, va 3 o‘rin uchun - 1 000 dollardan pul mukofotlari berildi. Mutlaq vazn chempioniga 10 ming dollar mukofot berildi.

© XSSorevnovaniya po kurashu v Termeze
Surxondaryoda xalqaro kurash musobaqasi g‘olibiga 10 ming dollar topshirildi - Sputnik O‘zbekiston
Sorevnovaniya po kurashu v Termeze

Mutlaq vazn bo‘yicha final bahsda xorazmlik Boltaboy Boltaboyev surxondaryolik Muxsin Hisomiddinov bilan bellashdi. Bahsda xorazmlik polvon ustun keldi. 2 o‘rin - Muhsin Hisomiddinov, 3-o‘rin uchun tojikistonlik Dadaxon Qurbonaliyev va eronlik Nafari Pahlavoniy egaladi.

Yangiliklar lentasi
0