00:59 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Match Uzbekistan-Yemen rassudit Xanna Xatab iz Sirii

Oʻzbekiston-Yaman uchrashuvini boshqarib boradigan hakamlar maʼlum boʻldi

© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana.
Sport
Havola olish
31910

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida oʻz maydonida Yaman terma jamoasi bilan bahs olib boradi.

TOSHKENT, 8 okt – Sputnik. Oʻzbekiston – Yaman uchrashuviga suriyalik Hanna Hattab bosh hakami etib tayinlandi. Bu haqda OʻFA xabar qildi.

Yordamchi hakamlar: Muhammad Kazzaz (Suriya), Ayman Fayzal Hamze Obeidat (Iordaniya). 

Zaxira hakami: Ahmad Alali (Quvayt)

Nazoratchi: Jassim Muhammad Al Hail (Qatar)

Komissar: Mei Chiat Si (Malayziya).

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 10 oktyabr kuni JCH-2022 saralashi 2-bosqich 3-turi doirasida oʻz maydonida Yaman terma jamoasi bilan bahs olib boradi. Oʻyin “Paxtakor”stadionida boʻlib oʻtadi va mahalliy vaqt bilan soat 17: 00da boshlanadi.  

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ikkinchi saralash bosqichining “D” guruhidan oʻrin olgan. Guruhda Oʻzbekiston terma jamoasiga Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman hamda Singapur termalari raqiblik qiladi.

Ilk uchrashuvda Oʻzbekiston Falastinga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Shundan soʻng Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper oʻrtadasidagi shartnoma oʻzaro kelishuvga asosan bekor qilindi. Hozirda Vadim Abramov terma jamoa bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritmoqda.

Asosiy mavzular