01:28 07 Iyul 2020
Efir
  • RUB145.97
  • EUR11411.48
  • USD10173.38
Sport
Havola olish
601 0 0

“Bunyodkor” klubi yarim himoyachisi 2002 yilda tugʻilgan dunyodagi eng kelajagi porloq iqtidorli futbolchilardan biri deb eʼtirof etildi.

TOSHKENT, 11 okt - Sputnik. Oʻzbekistonlik Jasur Jaloliddinov 2002 yilda tugʻilgan dunyodagi eng kelajagi porloq iqtidorli yosh futbolchilar roʻyxatiga kiritildi. Reyting The Guardian nashri tomonidan tuzilgan.

Jasur Jaloliddinov “Bunyodkor” klubida yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp suradi. Nashr Jaloliddinovning uzoq masofadan kuchli zarba bera olishi, maydonni koʻra olishi, driblingi hamda uzatmalaridagi aniqlikda iqtidorli ekanini qayd etgan.

Yosh futbolchi Oʻzbekiston U-19 terma jamoasida ham toʻp suradi. Kuni kecha Janubiy Koreya U-19 termasi bilan bahsda Jasur Jaloliddinov raqib darvozasini bir marta ishgʻol etishga muvaffaq boʻlgan edi.

Oʻzbekistonlik “Barselona”ning Anssumane Fati, “Real Madrid”ning Andri Lukas Gudonsen, “Yuventusa”ning Pablo Moreno kabi oʻyinchilari qatoridan oʻrin olgan.

Shuningdek, roʻyxatga tojikistonlik futbolchi Muhriddin Hasanov ham kiritilgan.

Asosiy mavzular