01:11 07 Iyul 2020
Efir
  • RUB145.97
  • EUR11411.48
  • USD10173.38
Sport
Havola olish
471 0 0

Xalqaro gimnastika federatsiyasi oʻzbekistonlik ikki nafar sportchiga Tokio Olimpiadasi litsenziyalari taqdim etilganini rasman tasdiqladi.

TOSHKENT, 12 okt – Sputnik. Xalqaro gimnastika federatsiyasi oʻzbekistonlik ikki nafar sportchiga Tokio Olimpiadasi litsenziyalari taqdim etilganini rasman tasdiqladi.

Milliy olimpiya qoʻmitasi xabariga koʻra, Oksana Chusovitina va Rasuljon Abdurahimov Olimpiada yoʻllanmalarini qoʻlga kiritgan.

“Shu tariqa oʻz nomini tarix zarvaraqlariga bitgan Oksana faoliyatida sakkizinchi bor Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritmoqda. Reglamentga koʻra, hamyurtlarimiz kelasi yil Tokio Olimpiadasida oʻzlari istagan yoʻnalishda ishtirok etishlari mumkin”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Tokio Olimpiadasiga litsenziya olgan oʻzbekistonlik sportchilar soni 10 nafarga yetgan.

Asosiy mavzular