Belaruslik go‘zal MMA jangchisi og‘ir nokautga uchradi - video

© Foto / ONE ChampionshipBoyes MMA iz Belarusi Yekaterina Vandaryeva
Boyes MMA iz Belarusi Yekaterina Vandaryeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Belaruslik MMA jangchisi Yekaterina Vandaryevaning tashqi ko‘rinishi mashhur qo‘g‘irchoqqa o‘xshashligi tufayli Barbi laqabini olgan.

TOShKENT, 15 okt – Sputnik. Yaponiyada belaruslik MMA jangchisi Yekaterina Vandaryeva qattiq nokautga uchradi.

Jang Tokioda One Championship musobaqasida o‘tkazildi. Oktagonda Yekaterina 33 yoshli amerikalik Janet Todd bilan kuch sinashdi.

Ikkinchi raundda 28 yoshli Vandaryeva kuchli xay-kikni (boshga oyoq zarbasi) o‘tkazib yubordi va bundan keyin jangni davom ettira olmadi.

Yekaterinaning tashqi ko‘rinishi mashhur qo‘g‘irchoqqa o‘xshashligi tufayli Barbi laqabini olgan.

Belarus kikboksing va muay-tay bilan shug‘ullanadi. Jang san’ati turlari bo‘yicha u bir necha bor jahon va Yevropa chempioni hisoblanadi. Kikboksingda 58 ta g‘alaba qozonib, 7 marotaba mag‘lubiyatga uchragan.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot YeKATERINA VANDARYEVA (@ekaterinavandarieva)

Yangiliklar lentasi
0