01:56 07 Iyul 2020
Efir
  • RUB145.97
  • EUR11411.48
  • USD10173.38
Sport
Havola olish
275 0 0

Yengil vaznda Gorilla Fighting Championship (GFC) chempioni Umar Nurmagomedov “Rossiya segodnya” xalqaro axborot agenligida oʻtkazilgan matbuot anjumanida akasining mashhurligi unga qanday taʼsir qilishi haqida savolga javob berdi.

UFC chempioni Habib Nurmagomedovning amakivachchasi Umar bilan birga noyabrda Toshkentga keladi, u yerda GFC janglari oʻtkaziladi.

Matbuot anjumanida Umar Habibga tenglashishga harakat qilish, biroq hech qanday bosimni sezmayotganligini aytdi.

“Albatta, bugun Habib yakkakurash bilan shugʻullanayotgan millionlab oʻsmir va yosh sportchilarga namuna boʻldi. U ham men uchun oʻrnak. Men yutqazsam, Habibning ukasi yutqazdi deb barcha gazetalar yozishini bilaman. Bu esa meni koʻproq ishlashga, mashq qilishga undaydi. Ammo men hech qanday bosimni sezmayapman”, - deydi Umar.

23 noyabrda Toshkentdagi Humo Arena'da GFC20 turniri oʻtkaziladi. Bu musobaqa Habib Nurmagomedov tomonidan uyushtiriladi. Asosiy jang Habibning ukasi Umar va Nikita Chistyakov oʻrtasida boʻladi.

Bugun “Rossiya segodnya” xalqaro axborot agentligida rossiyalik MMA jangchisi, UFC mutlaq chempioni Habib Nurmagomedovning matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda chempionning ukasi Gorilla Fighting Championship chempionlari Umar Nurmagomedov va Tagir Ulanbekov hamda Premier Beverages direktorlar kengashi raisi Igor Kim ishtirok etdi.

Umar Nurmagomedov: o moyem proigrыshe napishut vse, poetomu nado paxat i borotsya

Asosiy mavzular