13:47 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Uzbekistantsы vыshli v final chempionata Azii po boksu

Yorqin gʻalaba: Oʻzbekiston bokschilari 8 ta oltin va 3 ta kumush medalni qoʻlga kiritdi

NOK Uzbekistana
Sport
Havola olish
125540

BAAning Fujayra shahrida boks boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati final janglari tashkil etiladi. Oʻzbekiston bokschilari 8 ta oltin va 3 ta kumush medal qoʻlga kiritishdi.

TOSHKENT, 17 okt – Sputnik. Bugun 11 nafar oʻzbekistonlik bokschilari Osiyo chempionligi uchun ringga koʻtarildi. Bu haqda Oʻzbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar qildi.

BAAning Fujayra shahrida boks boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati final janglari tashkil etildi.

Oʻzbekistonlik bokschilari 8 ta oltin va 3 ta kumush medal qoʻlga kiritishdi.

Oʻgʻil bollar: 57 kg vaznli Bilolbek Ixvolov finalda Yerasil Yermekka imkoniyatni boy berib qoʻydi va kumush medal bilan kifoyalandi.

60 kg vaznli Bekzod Bekmurodov qozogʻistonlik Abzal Serikka qarshi jang qildi va 2:3 hisobida yutqazib qoʻydi.

63 kg vazn toifasidagi Azizbek Tojiyev hindistonlik Yogesh Kagrani magʻlubiyatga uchratdi va Osiyo chempioniga aylandi.

70 kg vaznli Login Petrov Osiyo chempionati finalida hindistonlik Rahuldan ustun keldi va oltin medalni qoʻlga kiritdi.

75 kg vazn toifasidagi sportchi Nusratbek Tohirov xitoylik Pu Yangni magʻlubiyatga uchratdi va oltin medal sohibiga aylandi.

+80 kg vazn toifasidagi bokschi Jahongir Zokirov qirgʻizistonlik raqibi Argen Baktibekovni nokautga uchratdi va Osiyo chempioniga aylandi.

Qizlar oʻrtasida 50 kg vazn toifasida Feruza Kazakova xitoylik raqibasi Lanping Dengni magʻlub etdi va Osiyo chempioniga aylandi.

48 kg vaznli Sabina Boboqulova hindistonlik raqibasi Tamannadan ustun keldi va Osiyo chempionatining oltin medaliga sazovor boʻldi.

52 kg vazn toifasida  Nigina Oʻktamova hindistonlik Tannuni magʻlubiyatga uchratdi va oltin medal sohibasiga aylandi.

60 kg vaznli Mohira Ahmedova hindistonlik raqibasi Priti Dahiyaga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan kifoyalandi.

63 kg vaznli Aziza Zokirova hindistonlik Hushini magʻlubiyatga uchratdi va oltin medalga sazovor boʻldi.

Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida boks boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati yakuniga yetdi. Musobaqada ishtirok etgan oʻzbekistonlik bokschilar musobaqa yakuniga koʻra 20 ta medal qoʻlga kiritishdi. Ularning 8 tasi oltin, 3 tasi kumush va 9 tasi bronza medallaridir. Ushbu natija orqali Oʻzbekiston bokschilari umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

Asosiy mavzular