14:43 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Predsedatel Soveta direktorov Premier Beverages Igor Kim

Kim Oʻzbekistondagi Nurmagomedov akademiyasi haqida: Habibni qoʻllashga tayyormiz

© Sputnik / Nina Zotina
Sport
Havola olish
242 0 0

"Premier Beverages" direktorlar kengashi raisi Igor Kim MDH mamlakatlarida MMA janglari oʻtkazish rejalari haqida gapirib, shuningdek, Oʻzbekistonda Habib Nurmagomedov akademiyasini ochish loyihasi xususida fikrlarini aytdi.

Bundan avval rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi, MMA chempioni Habib Nurmagomedov Oʻzbekistonda oʻz akademiyasini ochmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edik. Igor Kimning soʻzlariga koʻra, uning kompaniyasi sportchini ushbu yoʻnalishda qoʻllab-quvvatlashga tayyor.

“Oʻylaymanki, bu ertangi kun masalasi emas, hozir Habib Maxachkalada Rossiya, ehtimol Yevropadagi eng yaxshi zallardan birini ochishga tayyorlanmoqda. Umuman biz uni doim qoʻllab-quvvatlaymiz, yil davomida biror marta uning loyihada ishtirok etishdan bosh tortganimiz yoʻq”, - dedi Kim.

UFC tarkibiga kiradigan sportchilar haqida gapirganda, u MDH mamlakatlarida, masalan, Qozogʻiston va Belorusda mohir kurashchilar koʻp ekanligini taʼkidladi.

"Juda istiqbolli oʻzbek jangchisi – mukofotlar sovrindori Shoxjahon Ergashev. Yaqinda taniqli belaruslik sportchi bilan shartnoma imzolaymiz. Qozogʻistonda esa noyob sportchimiz bor - u yoshligida bir oyogʻini yoʻqolgan, lekin nogiron boʻlishiga qaramay sogʻlom sportchilar qatorida ishtirok etmoqda va gʻolib boʻlmoqda" - deb yakunladi Igor Kim.

Premier Beverages direktorlar raisi batafsil izohini Sputnik radiopodkasida tinglashingiz mumkin.

Asosiy mavzular