13:53 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96

“Nant” klubi Sardor Rashidov uchun necha pul taklif qilgani maʼlum boʻldi

© UFA
Sport
Havola olish
530 0 0

Bir necha yil oldin Frantsiyaning "Nant" klubi Sardor Rashidov uchun necha pul taklif qilgani endi maʼlum boʻldi.

TOSHKENT, 21 okt - Sputnik. Frantsiyaning “Nant” klubi Sardor Rashidov uchun necha pul taklif qilgani maʼlum boʻldi, deb xabar qilmoqda Zamin nashri.

Sardor Rashidov 2013 – 2014 yillarda “Bunyodkor” jamoasi tarkibida juda yaxshi oʻyin koʻrsatgan edi. Shundan soʻng bir necha xorijiy klublar oʻzbekistonlik futbolchi bilan qiziqa boshlagan. Xususan, Rossiyaning TSSKA jamoasi, Italiyaning “Inter”, Saudiya va Qatar futbol klublari.

Usha vaqtda Sardor Rashidov uchun yana bir klub – Frantsiyaning “Nant” klubi ham taklif bildirgani maʼlum boʻldi. Xususan “Nant” Sardor uchun 800 ming Yevro taklif kilgan ekan. Keyin nima boʻlganini hamma yaxshi biladi - Sardor 2,2 million dollar evaziga Qatarnining “Al-Jaish” jamoasiga joʻnab ketgan edi. 

Eslatib oʻtamiz, iyul oyida Sardor Rashidov Qatarning yana bir futbol klubi "SK Qatar" bilan shartnoma imzolagan edi.  Ayni damda 28 yoshli oʻzbekistonlik futbolchi ushbu jamoa tarkibida oʻynamoqda.  

Asosiy mavzular