00:47 14 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Boy mejdu Xabibom Nurmagomedovыm i Konorom MakGregorom

“Moskvada koʻrishamiz, mushukcha”: Habib va Konor yana janjallashdi

© REUTERS / Stephen R. Sylvanie
Sport
Havola olish
75330

Twitterda irlandiyalik jangchi Konor Makgregor va rossiyalik UFC chempioni Habib Nurmagomedov janjallashdi.

TOSHKENT, 21 okt – Sputnik. Irlandiyalik jangchi Konor Makgregor va UFC chempioni Habib Nurmagomedov yana bir-biriga nisbatan haqoratli soʻzlarni aytishdi.

Hammasi irlandiyalikning sirli xabari Twitterda bilan boshlandi. Makgregor nomaʼlum shaxsga murojaat qilib, uni bir necha bor haqorat qildi.

Jangchining izohini nafaqat obunachilar, balki rossiyalik jangchi Nurmagomedov tushunmadi, u raqibini “alkash” deb atadi.

Makgregor atigi 16 daqiqadan soʻng javob qaytardi.

“Moskvada koʻrishamiz, kiska”, - deb yozdi Konor Nurmagomedovga tomon.

Avvalroq, 31 yoshli irlandiyalik Nurmagomedov bilan revansh jang Rossiya poytaxtiga kelishga tayyorligini bir necha bor taʼkidlagandi.

“Moskvada zoʻrovonlarni kutishmayapti”, - deb javob yozdi Habib.

Soʻnggi soʻz Makgregorda qoldi u Nurmagomedovning izohiga javob bermadi va sahifasida oʻzining rasmini joylashtirdi.

Suratda irlandiyalik jangchi nomaʼlum maʼmuriy binoda turgani va u yerda Rossiya gerbi rasmi devorga osilganini aks etgan. Taxminlarga koʻra, surat Buyuk Britaniyadagi Rossiya viza markazlaridan birida olingan boʻlishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, aralash yakkakurash boʻyicha jangchilar Nurmagomedov va Makgregorning katta mojaro bilan yakunlangan mushtlashuvi 2018 yil 6 oktyabr sanasida Las-Vegasdagi T-Mobile arenasida oʻtkazilgan edi.

Habib boʻgʻuvchi usulni qoʻllab, gʻalaba qozongandi. Ammo keyin oktagon setkasidan sakrab Makgregorning sparring-sherigi Dillon Denis bilan jang uyushtirgandi. Shu tufayli unga nisbatan jarima sanktsiyalari qoʻllanilgan edi.

Joriy yil 29 yanvar kuni AQShning Nevada shtatida Atletika komissiyasining UFC 229 jang oqshomida yuz bergan janjal yuzasidan sud eshituvi boʻlib oʻtdi.

Komissiya qaroriga koʻra, jang oqshomida janjal uyushtirgan Habib Nurmagomedov 9 oyga janglardan chetlatilib, unga 500 ming dollar miqdorida jarima toʻlash majburiyati yuklatilgan edi.

Shuningdek, Habibning amakivachchasi Abubakar Nurmagomedov va uning doʻsti Zubayra Tuxugov ham 1 yilga chetlatilib, ularga 25 ming dollardan jarima toʻlashlari belgilangan edi.

Asosiy mavzular