08:30 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Konor Makgregor

Konor Makgregor: “Habib gʻalabasiga pul tikkan boʻlar edim”

© REUTERS / Brian Fluharty
Sport
Havola olish
25310

UFC’ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Konor Makgregor Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson oʻrtasida boʻlishi mumkin jang haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

TOSHKENT, 23 okt – Sputnik. UFC’ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Konor Makgregor Habib Nurmagomedov Toni Fergyusonni ular oʻrtasida boʻlishi mumkin jangda yengishi mumkin deb hisoblaydi.

“Moskvada koʻrishamiz, mushukcha”: Habib va Konor yana janjallashdi

Amerikalik Toni Fergyuson katta ehtimol bilan UFC doirasida jangda Habibga keyingi raqib boʻlishi mumkinligi aytilmoqda.

“Bir narsa deyish qiyin, lekin oʻylashimcha, Habib gʻalaba qozonadi. Garchi Toni juda yaxshi jangchi boʻlsada, u yiqiladi, koʻtariladi va yana jang qiladi. U hech qachon charchamaydi. Biroq men Habib gʻalabasiga pul tikkan boʻlar edim”, - deya Konor soʻzlaridan keltiradi Sport RIA Novosti.

Habib Nurmagomedov 7 sentyabrda Abu-Dabida boʻlib oʻtgan UFC 242 doirasidagi musobaqada amerikalik Dastin Poryeni boʻgʻish usuli bilan taslim etib, yengil vaznda chempionlik kamarini himoya qilgan edi. Habib faoliyati davomida 28 marta jang oʻtkazib, barchasida gʻalaba qozongan. Toni Fergyuson ham shuncha jang oʻtkazgan. U janglarida 25 marta gʻalabaga erishib, 3 marta magʻlubiyat alamini totib koʻrgan.

Asosiy mavzular