Eldor Shomurodov: ba’zan tortinchoqligim pand beradi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishFutbol. RPL. Match SSKA - "Rostov"
Futbol. RPL. Match SSKA - Rostov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasi va Rossiyaning “Rostov” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov uning xarakteri o‘yinga qanday ta’sir ko‘rsatishini aytdi.

TOShKENT, 29 okt - Sputnik. “Rossiya 24” telekanalining “Rossiya futboli” ko‘rsatuvida o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov o‘zining xarakteri haqida so‘zlab berdi. Hujumchining so‘zlariga ko‘ra, ba’zan futbol maydonida unga tortinchoqligi pand berib qo‘yadi.

“Bu narsa xarakterga bog‘liq. Surbetlik ba’zida yaxshi hisoblanadi. Tortinchoqligim esa ba’zida menga pand beradi. Nima ham qila olardim, xarakter bu xarakter”, – dedi Shomurodov.

Hujumchi uning orzui Yevropaning TOP-5 chempioatlarida o‘ynash ekanini ta’kidlagan. U bunga intilishini aytgan. Ammo  hozir “Rostov”da hammasi joyida va u biror yerga ketishni o‘ylamayapti.

Rossiyskiy sportivniy kommentator Gennadiy Orlov - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik sharhlovchi futbolchi Shomurodov to‘g‘risidagi so‘zlarini izohladi

“Rostov” bosh murabbiyi Valeriy Karpin ham Shomurodov haqidagi fikrlarini bildirib o‘tgan.

“Shomurodov biz bilan ikki yil o‘tkazdi, ikki yil mobaynida o‘z ustida ishlab, o‘sdi. O‘yinchilarning o‘sishi kuzatilmoqda. Har bir futbolchining o‘sishi turlicha kechadi”, - deya qayd etgan murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov ayni damda 10 ta gol bilan RPL to‘purarlar poygasida “Krilyev Sovetov” hujumchisi Aleksandr Sobolev bilan peshqadamlik qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0