12:25 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Sport
Havola olish
782 0 0

Yulduzi yulduziga toʻgʻri kelsa - Eldor Shomurodov yozda Ispaniyaning yetakchi klublaridan biriga yoʻl olishi mumkin.

TOSHKENT, 3 noya – Sputnik. “Rostov” hujumchisi Eldor Shomurodovga Ispaniyaning “Sevilya” klubi qiziqmoqda. Bu haqida “Sport” telekanali sharhlovchisi Bobur Akmalov oʻzining telegram kanalida xabar qildi.

“Sevilya” klubi sport direktori Ramon Monchiga yaqin manbalarga koʻra, Eldor Shomurodov familiyasi Andalusiya jamoasi long-list’ida bor. Qishki transferlar vaqtida emas, keyingi yozda ochilajak oyna vaqtida oʻzbek forvardi “Sevilya” klubiga oʻtishi ehtimoli bor – deb xabar qilgan Bobur Akmalov.

Eldorning oʻzi Yevropa jamoasida toʻp surishni orzu qilayotganini bir necha bor taʼkidlagan edi. Ayni damda Eldorga Germaniyaning bir necha klublari hamda Rossiyaning yetakchi jamoalaridan biri boʻlgan TSSKA ham qiziqish bildirmoqda.

Hozircha esa Eldor Shomurodov “Rostov” jamoasi bilan 4 yillik shartnoma asosida hamkorlik qilmoqda. Bugungi kunda Shomurodov Rossiya premyer-ligasining yetakchi hujumchisi boʻlib turibdi 10dan ortiq gollar va bir necha natijali uzatmalar Eldorni RPLning eng istiqbolli futbolchilaridan biriga aylantirdi. 

"Rostov" ham Eldor ishtirokida oʻz rekordlarini yangilamoqda. Masalan, bugun ham "Rostov" Rossiya chempionatining birinchi davrasida 28ta gol urib oʻz rekordini yangiladi. 

Asosiy mavzular