13:03 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Sport
Havola olish
447 0 0

Frantsiyadagi jahon chempionatida rossiyalik figurachining oltin medalini amerikalikka taqib qoʻygan shahar meri kulguga sabab boʻldi.

TOSHKENT, 3 noya – Sputnik. Frantsiyada boʻlib oʻtgan figurali uchish boʻyicha Internationaux de France jahon chempionati yakunida kutilmagan kulguli holat sodir boʻldi, deb yozmoqda RIA Novosti.

Grenobl shahar meri Kristof Ferrari rossiyalik figurali uchuvchi Alena Kostornayaning oltin medalini adashib amerikalik figurachi Meraye Bellga taqib qoʻydi.

Xato maʼlum boʻlganidan soʻng amerikalik sportchining oʻzi kulgu va qarsaklar ostida oltin medalni Kostornayaga taqib qoʻydi. Kostornaya ham ushbu anglashilmovchilikni samimiy klgu bilan kutib oldi.    

Eslatib oʻtamiz, Frantsiyaning Grenobl shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ikkinchi oʻrin ham rossiyalik sportchi, Seul olimpiadasi chempioni Alina Zagitovaga nasib etdi.

Asosiy mavzular