22:51 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Press-sekretar Assotsiatsii futbola Uzbekistana (AFU) Avaz Maksumov

Avaz Maksumov “Bunyodkor” klubi muammolari haqida gapirdi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Sport
Havola olish
311 0 0

Klub tomonidan “Bunyodkor” stadionining butun majmuasi va inshootlari uchun kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan. Hozirgi vaqtda “Bunyodkor” futbol klubi stadioni oʻtish bilan bogʻliq 30 mlrd soʻm soliq toʻlashi kerak. Shundan soʻng toʻliq u OʻFAga oʻtishi mumkin.

TOSHKENT, 5 noya — Sputnik. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot  kotibi Avaz Maksumov “Bunyodkor” futbol klubining moliyaviy va soliq bilan bogʻliq boʻlgan muammolari haqida gapirdi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qilmoqda.

Uning soʻzlariga koʻra, hozirgi kunga qadar ikkita vazifa toʻliq bajarilmagan.

Stadion
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana.

“Birinchisi, OʻFA huzurida respublika bolalar va oʻsmirlar futbol akademiyasini bunyodkor stadioniga joylashtirish. Ikkinchisi, “Bunyodkor” stadioni barcha bino va inshootlari majmuasi bilan birga OʻFAning balansiga oʻtkazilishini taʼminlanishi”, - dedi Avaz Maksumov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidagi matbuot anjumanida.

“Bunyodkor” futbol klubi “Bunyodkor” stadionining butun majmuasi va inshootlar uchun kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish borasida qator muammolarga duch keldi. Xususan, balansdan balansga oʻtkazilishida stadion qurilishida ijrochi boʻlgan Kapital qurilish boshqarmasi tomonidan qurilish ishlari  amalga oshirilgan hamda “Bunyodkor” futbol klubi u yerda buyurtmachi vazifasini bajargan. Klub kapital qurilish boshqarmasi tomonidan stadionda mavjud boʻlgan barcha inventarlarni balansiga qabul qilishi kerak edi. Kapital qurilish boshqarmasi mavjud boʻlgan barcha inventarlarni “Bunyodkor” futbol klubi  balansiga begʻaraz oʻtkazilayotgani sababli stadionning 429 mld sum miqdordagi inventarizatsiya qiymatidan 42 mlrd soʻm miqdoridagi divedendlarga solinadigan soliq toʻlashi kerak. Biroq kapital qurilish tashkiloti bugungi kunda likvidatsiyaga tushgan, shu sababli toʻlanadigan soliq klub boʻyniga tushadi”, - deya qayd etdi.

Avaz Maksumovning soʻzlariga qaraganda, klub oʻz navbatida moliyaviy ahvoli yomonligi sababli ushbu mablagʻlarni toʻlash imkoniyatiga ega emas.

“Bunyodkor” futbol klubi tomonidan “Bunyodkor” stadionining butun majmuasi va inshootlari uchun kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan.  Hozirgi vaqtda “Bunyodkor” futbol klubi stadioni oʻtish bilan bogʻliq 30 mlrd soʻm soliq toʻlashi kerak. Shundan soʻng toʻliq OʻFAga oʻtishi mumkin”, - deya soʻzlariga yakun yasadi u.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidentining “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan.

Hujjat bilan “Bunyodkor” stadioni barcha bino va inshootlari majmuasi bilan birga futbol boʻyicha milliy terma jamoalar uchun oʻquv-mashq jarayonini tashkil qilish va sport musobaqalari va boshqa tadbirlarni oʻtkazish yuzasidan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining asosiy bazasi etib belgilangan.

Asosiy mavzular