TOSHKENT, 6 noya – Sputnik. Bugun Moskvaning “Lokomotiv” klubi Italiyaning “Yuventus” jamoasiga qarshi oʻyin oʻtkaziladi. Uchrashuv Chempionlar Ligasi guruh bosqichi doirasida oʻtkaziladi.
Maydonga jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri Krishtianu Ronaldu chiqadi.
Oʻyin mahalliy vaqt 20:55 da “RJD Arena” stadionida boshlanadi.
Ikki hafta oldin raqib jamoalari Turinda uchrashgan. Unda “Yuventus” jamoasi 1:2 hisobda gʻalaba qozongan.
Uch turdan soʻng “Lokomotiv” jamoasi 3 ochko bilan uchinchi oʻrinda, “Yuventus” esa 7 ball bilan guruhda yetakchilikni Madridning "Atletiko" klubi bilan talashmoqda.