23:03 22 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96

Mahmud Murodov UFC’dagi ikkinchi jangini amerikalikka qarshi oʻtkazadi

© Instagram
Sport
Havola olish
234 0 0

UFC bilan shartnoma imzolagan birinchi oʻzbek aralash yakkakurashchisi Mahmud Murodovning navbatdagi jangi va raqibi aniq boʻldi.

TOSHKENT, 7 noya - Sputnik. Oʻzbekistonlik sportchi Mahmud Murodov UFC’dagi ikkinchi jangini amerikalik Trevor Smitga qarshi oʻtkazadi.

Jang 8 dekabr kuni boʻlib oʻtadi. Bu haqda UFC Russia᾽ning rasmiy instagram sahifasida maʼlumot berildi.

Mahmud Murodovning oʻzi kecha ikkinchi jangini oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishgani va tez orada raqibi va jang sanasi eʼlon qilinishini maʼlum qilgan edi.

Eslatib oʻtamiz, Mahmud Murodov UFC’dagi debyut jangini italiyalik Alessio di Kirikoga qarshi oʻtkazib, ustunlikka erishgan edi.

Asosiy mavzular