18:16 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Sbornaya Uzbekistana po futbolu

Oʻzbekiston terma jamoasi Qirgʻizistonga qarshi maydonga tushadi

© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana.
Sport
Havola olish
180 0 0

Bugun, 9 noyabr kuni Vadim Abramov boshchiligidagi Oʻzbekiston terma jamoasi Qirgʻiziston bilan oʻynaydi.

TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. Oʻzbekiston terma jamoasi bugun, 9 noyabr kuni Qirgʻiziston terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi.

Vadim Abramov boshchiligidagi terma jamoa JCH—2022 saralashi doirasida Saudiya Arabistoni hamda Falastin termalariga qarshi bahslarga tayyorgarlik koʻrish uchun 2 noyabrdan boshlab yigʻinga kirishgan.

Mazkur yigʻin doirasida jamoa Qirgʻiziston bilan oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushadi.

Uchrashuv Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida boʻlib oʻtadi va mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da boshlanadi.

Startovыy sostav sbornoy Uzbekistana po futbolu protiv komandы Kыrgыzstana
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana.
Terma jamoa bugungi bahsni quyidagi tarkibda boshlaydi.

Bosh hakam: Bastian Dankert (Germaniya).

Yordamchi hakamlar: Yan Zaydel (Germaniya), Rene Rode (Germaniya).

Zaxira hakami: Ilgiz Tantashev (Oʻzbekiston).

Asosiy mavzular