Mo‘g‘ulistonda boks bo‘yicha Osiyo yoshlar chempionati boshlandi

© Olimpiyskiy komitet UzbekistanaYunosheskaya sbornaya Uzbekistana po boksu
Yunosheskaya sbornaya Uzbekistana po boksu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mo‘g‘ulistonda 2001-2002 yilda tug‘ilgan yoshlar orsida Osiyo boks chempionati boshlandi. Bugun 2 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga chiqadi.

TOShKENT, 11 noya – Sputnik. Bugun Mo‘g‘uliston poytaxtida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati boshlandi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi.

Musobaqada 2001-2002 yilda tug‘ilgan, Osiyo qit’asining 200ga yaqin eng kuchli sportchilari jamlanishadi. Bugungi boks bahslarida O‘zbekistondan 2 nafar bokschi ham ishtirok etadi.

- 52 kg: Mirzabek Mirzahalilov – Nurseit Ashirmamatov (Qirg‘iziston)
- 60 kg: Rahmatillo Toshpo‘latov – Jiaxao Kian (Xitoy)

Musobaqa bahslari 11-17 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. 11-12 noyabr - dastlabki janglar, 13-14 noyabr - chorakfinal bahslari, 15-noyabr - dam olish kuni, 16-noyabr - yarim final, 17-noyabr - final va tantanali yopilish marosimi.   

 

Yangiliklar lentasi
0