Ilk bor o‘zbekistonlik zamonaviy beshkurashchi Tokio Olimpiadasida ishtirok etadi

© NOKUzbekistan zavoyeval litsenziyu na Olimpiadu po sovremennomu patiboryu
Uzbekistan zavoyeval litsenziyu na Olimpiadu po sovremennomu patiboryu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbek sporti tarixida ilk bor zamonaviy beshkurashchi Alise Faxrutdinova yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

TOShKENT, 12 noya – Sputnik. O‘zbek sporti tarixida ilk bor zamonaviy beshkurash sportida Olimpiya o‘yinlariga litsenziya qo‘lga kiritildi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, hozirda Xitoyning Uxan shahrida zamonaviy beshkurash bo‘yicha Osiyo-Okeaniya mintaqasi uchun Tokio Olimpiadasiga litsenziya beruvchi musobaqa bo‘lib o‘tmoqda.

Oksana Chusovitina otprazdnovala den rojdeniya serebranoy medalyu - Sputnik O‘zbekiston
Ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi Tokio-2020 Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

“Ushbu turnirda sportimiz tarixida ilk bor o‘zbekistonlik zamonaviy beshkurashchi Alise Faxrutdinova yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma qo‘lga kiritdi”, - deyiladi xabarda.

Mazkur musobaqada terma jamoa mamlakatlar reytingida uchinchi o‘rinni egalladi va bu delegatsiya uchun Olimpiya o‘yinlariga bitta litsenziya taqdim qildi.

Musobaqada kuchli beshlik quyidagi ko‘rinishni hosil qildi: Janubiy Koreya, Yaponiya, O‘zbekiston, Xitoy va Qozog‘iston.

Qayd etilishicha, bu delegatsiya uchun Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritilgan o‘n ikkinchi litsenziya.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 2020-yilda bo‘lib o‘tadigan Tokio Olimpiadasiga  135 ta litsenziya qo‘lga kiritishni rejalashtirgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0