03:08 22 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Sport
Havola olish
70510

Vadim Abramov boshchiligidagi Oʻzbekiston MTJ 14 noyabr kuni Jahon chempionati-2022 saralash bahslari doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi.

TOSHKENT, 12 noya – Sputnik. Oʻzbekiston – Saudiya Arabistoni uchrashuvini yaponiyalik hakamlar boshqaradi. Bu haqda OʻFA xabar qilmoqda.

Oʻyin bosh hakami – Ryuji Sato. Unga qanotlarda hamyurtlari – Hiroshi Yamauchi hamda Jun Mihara yordam berishadi. Zaxira hakami – Yudai Yamamoto. 

Oʻyin nazoratchisi iordaniyalik Omar Musa Xalaf Abu lum, komissar esa malayziyalik Mohd Sayfiddin Abu Bakar.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 14 noyabr kuni Jahon chempionati-2022 saralash bahslari doirasida Saudiya Arabistoni bilan bahs olib boradi.

Oʻzbekiston Jahon chempionati-2022 saralash bosqichining “D” guruhidan oʻrin olgan. Guruhda Oʻzbekiston terma jamoasiga Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman hamda Singapur termalari raqiblik qiladi.

Ilk uchrashuvda Oʻzbekiston Falastinga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Shundan soʻng Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper oʻrtasidagi shartnoma oʻzaro kelishuvga asosan bekor qilindi. Jamoa yangi bosh murabbiy Vadim Abramov boshchiligida keyingi oʻyinlarni Yaman va Singapurga qarshi oʻtkazib, yirik hisobda gʻalaba qozongan edi. Kuni kecha Qirgʻiziston jamoasiga qarshi oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvida ham "oq boʻrilarning" qoʻli baland keldi. 

Asosiy mavzular