O‘zbekiston zamonaviy beshkurash sportida Tokio-2020 uchun yana bir litsenziyaga ega bo‘ldi

© Press-slujba NOK RUzAleksandr Savkin zavoyeval litsenziyu na Tokiyskuyu Olimpiadu
Aleksandr Savkin zavoyeval litsenziyu na Tokiyskuyu Olimpiadu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoyning Uxan shahridagi zamonaviy beshkurash bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatida o‘zbekistonlik sportchi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma qo‘lga kiritdi.

TOShKENT, 13 noya – Sputnik. O‘zbekiston zamonaviy beshkurash sportida Tokio-2020 uchun yana bir litsenziyaga ega bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, Aleksandr Savkin yo‘llanmani Xitoyning Uxan shahrida davom etayotgan zamonaviy beshkurash bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatida qo‘lga kiritgan.

Uzbekistan zavoyeval litsenziyu na Olimpiadu po sovremennomu patiboryu - Sputnik O‘zbekiston
Ilk bor o‘zbekistonlik zamonaviy beshkurashchi Tokio Olimpiadasida ishtirok etadi

Qayd etilishicha, terma jamoa ushbu sport turida o‘zbek sporti tarixida ilk bor Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan.

Uxan shahridagi musobaqa yakuniga ko‘ra, o‘zbekistonlik sportchilar jamoaviy reytingda beshinchi pog‘onani egallab, Olimpiya o‘yinlarining 2 ta litsenziyasiga sazovor bo‘lishdi.

Kuni kecha esa Alise Faxrutdinova ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan saralash bosqichida uchinchi o‘rinni egallab, Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma ko‘lga kiritgan edi.

Musobaqa yakunida terma jamoalarning kuchli beshligi quyidagi ko‘rinishga keldi: Janubiy Koreya, Xitoy, Qozog‘iston, Yaponiya, O‘zbekiston.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasining Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan litsenziyalari soni o‘n uchtaga (yettita sport turi) yetdi.

Yangiliklar lentasi
0