12:22 16 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Sbornaya Uzbekistana po futbolu vo vremya matcha protiv Saudovskoy Aravii

“Oq boʻrilar” oʻz maydonida magʻlub boʻldi

© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana.
Sport
Havola olish
56403

“Paxtakor” stadionida Oʻzbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Bahs qizgʻin kechdi.

TOSHKENT, 14 noya – Sputnik. “Paxtakor” stadionida Jahon chempionati-2022 saralash bosqichi doirasida Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari oʻzaro toʻqnashdi.

Oʻyinning 15 daqiqasida terma jamoa hujumchisi Eldor Shomurodov birinchi gol muallifiga aylandi va ustunlik “oq boʻrilar” tomonga oʻtdi. Oʻyin davomida Rustamjon Ashurmatov raqib hujumchisini ushlab qolib yiqitdi. Hakam Oʻzbekiston darvozasi tomon penalti belgiladi. Raqib bundan unumli foydalanib, 23 daqiqada hisobni tenglashtirdi.

Oʻyinning 56 daqiqasida Otabek Shukurov raqib darvozasiga belgilangan penaltidan unumli foydalandi. Kuchli zarbasi bilan toʻpni raqib darvozasiga yoʻllab, darvozabonni dogʻda qoldirdi.

Uchrashuvning 85 daqiqasida saudiyaliklar uzoq masofadan gol kiritishdi va hisob tenglashdi. 89 daqiqada Saudiya Arabistoni yana gol urib, hisobda oldinga chiqib oldi. Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni bahsi 2:3 hisobida raqib foydasiga hal boʻldi.

Oʻzbekiston Jahon chempionati-2022 saralash bosqichining “D” guruhidan oʻrin olgan. Guruhda Oʻzbekiston terma jamoasiga Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman hamda Singapur termalari raqiblik qiladi.

“Oq boʻrilarning” Jahon chempionati-2022 saralash bosqichi doirasidagi navbatdagi bahsi 19 noyabr kuni Falastinga qarshi boʻlib oʻtadi.

Asosiy mavzular