TOSHKENT, 18 noya – Sputnik. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 19 noyabr kuni JCH-2022 saralash bahslari doirasida Falastinga qarshi maydonga tushadi. Mazkur uchrashuvni bahraynlik hakamlar guruhi boshqarib boradi.
Bosh hakam – Navaf Shukralla. Unga qanotlarda hamyurtlari – Yosir Halil Ibrohim Abdulla Tulefat va Muhammad Jafar Muhammad Salmon yordam beradi. Zaxira hakami – Ammar Ibrohim Hasan Mahfud. Chi Ho Lam (Gonkong) nazoratchi, Song Huang (Xitoy) komissar etib tayinlangan.
Uchrashuv Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida boʻlib oʻtadi. Bahs mahalliy vaqt bilan 17:00 da boshlanadi. Oʻzbekiston saralash doirasidagi Falastinga qarshi ilk uchrashuvda 0:2 hisobda imkoniyatni boy bergan edi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Jahon chempionati-2022 saralash bosqichi doirasida Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari oʻzaro toʻqnashgani va “oq boʻrilar” oʻyinning soʻnggi daqiqalarida 2:3 hisobda magʻlub boʻlgani xabar qilingan edi.