12:57 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Sport
Havola olish
482 0 0

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi juda ham muhim oʻyinni “Paxtakor” maydonida Falastinga qarshi oʻtkazdi. Revansh oʻyinni desak, xato qilmagan boʻlamiz.

TOSHKENT, 19 noya — Sputnik. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralashida navbatdagi bahsni Falastinga qarshi oʻtkazdi.

Oʻyinning 17-daqiqasida Hojiakbar Alijonov oʻng qanotdan oshirgan toʻpni Eldor Shomurodov boshi bilan darvozaga yoʻllab, hisobni ochishga muvaffaq boʻldi.

57-daqiqada Odil Ahmedov toʻpni Eldor Shomurodovga uzatdi. Shomurodov toʻpni mohirlik bilan toʻxtatib oldi va raqib himoyachisining xatosidan unumli foydalanib ikkinchi gol muallifiga aylandi. Bugungi bahs 2:0 hisobida "oq boʻrilar" foydasiga hal boʻldi.

Oʻzbekiston saralash doirasidagi Falastinga qarshi ilk uchrashuvda 0:2 hisobda imkoniyatni boy bergan edi. Bugun Shomurodovning dubl goli evaziga Oʻzbekiston Falastinni magʻlub etdi.

Asosiy mavzular