Sport maktablarida ayrim xodimlarining maoshi oshadi

© SputnikUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan trenerlarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

TOShKENT, 20 noya – Sputnik. “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda O‘zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori qabul qilindi.

Pod predsedatelstvom prezidenta Shavkata Mirziyoyeva sostoyalos videoselektornoe soveshanie po voprosam razvitiya fizicheskoy kulturi i sporta. - Sputnik O‘zbekiston
Olimpiya o‘yinlari, doping: Mirziyoyev sport mutasaddilarini tanqid qildi

Qarorga muvofiq 2019-yil 1-dekabrdan boshlab respublikada faoliyat yuritayotgan trenerlar Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda uning filiallari bazasida har 5-yilda attestatsiyadan o‘tkaziladi.

2020 yil 1-yanvardan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy gvardiya tasarrufidagi sport maktablarining direktorlari, direktor o‘rinbosarlari, trener, instruktor-metodistlari hamda olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlarining trener, instruktor-metodistlarining bazaviy tarif stavkalari o‘rtacha 1,35 baravarga oshiriladi.

Qaror bilan Trenerlarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun belgilangan namunadagi ruxsatnoma beriladi.

Prizer Olimpiyskix igr dzudoist Rishod Sobirov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek dzudo afsonasi Rishod Sobirov kelajakdagi rejalari haqida aytib berdi

Ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun to‘lov kunidagi BHMning bir barobari hisobida (223 000 so‘m) to‘lov undiriladi.

Quyidagi shaxslarga attestatsiyadan o‘tmasdan va to‘lovni undirmagan holda trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsatnoma cheklanmagan muddatga beriladi:

-  “Xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” va “Xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi”, “Xalq o‘qituvchisi”, “O‘zbekiston iftixori”, “Xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvonlariga hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lganlar;

- olimpiya va paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari hamda ularning trenerlari.

Yangiliklar lentasi
0